Sport | 15:00 / 19.01.2018
54098
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yaponiyaga 4 gol urib, yarim finalga chiqdi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining birinchi chorak final o‘yini O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. 

Uchrashuvdan oldin favorit sanalgan yaponiyaliklar yirik hisobidagi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘lishdi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa Jasur Yaxshiboyevning dubli hamda Doston Hamdamov va Javohir Siddiqov urgan bittadan gol evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.

O‘yin to‘liq O‘zbekiston vakillari ustunligi ostida kechdi. Bu ustunlik statistikada ham aks etgan - O‘zbekiston vakillari o‘yin davomida raqib darvozasiga 18 marta zarba bergani holda, kunchiqar yurt vakillarida bu ko‘rsatkich 3taga teng.

Osiyo Chempionati U23
Chorak final

Yaponiya — O‘zbekiston 0:4
Gollar: Javohir Siddiqov, 31 (0:1). Doston Hamdamov, 34 (0:2). Jasur Yaxshiboyev, 39 (0:3). Jasur Yaxshiboyev, 47 (0:4).
O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 86), Jasur Yaxshiboyev, Zabihillo O‘rinboyev (Doniyor Narzullayev, 82), Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov, 75), Doston Hamdamov, Dostonbek Tursunov.

Mavzuga oid