Fan-texnika | 00:38 / 28.01.2018
5849
2 daqiqa o‘qiladi

Stohkolmda haydovchisiz elektrobuslarning yo‘l sinovlari boshlandi 

Foto: Roman Okashin

Ericsson telekommunikatsiya kompaniyasi Shvetsiyaning transport operatori bilan hamkorlik haqida e'lon qildi. Ikki kompaniya Stohkolmning jamoat yo‘llari bo‘ylab yura boshlagan ikkita haydovchisiz elektrobusning sinovini boshladilar. Sinovdan maqsad elektrobuslar real shahar sharoitida qanday ishlashini bilishdan iborat.

Bu elektrobuslardan har biri bortiga 11 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Avtobusning tezligi 25 km/soatni tashkil qiladi. Kompaniyada avtobusning tezligi uncha kattamasligini uning ishlashi barqarorligi bilan oqlashgan: avtobus bunday tezlikda noqulay ob-havo sharoitida ham yura oladi. Avtobusning avtonom imkoniyatlari Ericsson’ning maxsus platformasi – Connected Urban Transport (CUT) bilan ta'minlanadi. U sensorlar, ichki o‘rnatilgan svetoforlar, to‘xtashlar va yo‘l belgilarini qo‘llashga imkon beradi.

Ushbu texnologiya avtobuslarni avtomatlashtirishdan tashqari, yo‘ldagi vaziyatlar haqida turli statistik ma'lumotlarni yig‘ish vositalarini taqdim qiladi. Hozirda elektrobuslar Shvetsiyaning innovatsiyalarni tatbiq qilish dasturi doirasida o‘tkazilmoqda. Sinovlar 6 oy vaqt oladi. Bu vaqtdan oxirgi 3 oyida avtobuslar 5G tarmoqlariga ulanadi.

 

Mavzuga oid