O‘zbekiston | 15:00 / 29.01.2018
12503
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtobus qatnovlarini tiklaydi 

Foto: O‘zA

O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Toshkent-Bishkek» («G‘isht ko‘prik» o‘tkazish punkti orqali), «Andijon-O‘sh» («Do‘stlik» o‘tkazish punkti orqali) va «Farg‘ona-O‘sh» («O‘zbekiston» o‘tkazish punkti orqali) muntazam avtobus qatnovlarini tiklaydi.

O‘zbekiston Avtomobil va daryo transport agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-25 yanvar kunlari Toshkent shahrida «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» avtomobil yo‘lagini shakllantirish va ushbu davlatlar o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Xitoy tomoni bilan O‘zbekiston avtotransport vositalari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hududiga yuklarni to‘siqlarsiz olib o‘tish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shuningdek, delegatsiyalar ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini almashish haqida kelishib olishdi.

Mavzuga oid