Jahon | 09:51 / 20.03.2018
18715
1 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping Xitoyni parchalab tashlashga bo‘lgan harakatlar haqida gapirdi

Foto: Sputnik/ Aleksey Drujinin

XXR kommunistik partiyasi raisi Si Jinpingning ma'lum qilishicha, mamlakatni parchalab tashlashga qaratilgan barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

«Xitoy xalqida mamlakatni parchalab tashlash bo‘yicha barcha harakatlarni yo‘qqa chiqarishga qat'iy iroda, to‘la ishonch va kerakli imkoniyatlar bor! Xitoy xalqi va Xitoy millati bizning buyuk vatanimizning har bir dyuym hududi Xitoydan ajratilishi kerak emasligi hamda bunday bo‘lmasligiga butunlay ishonadi», - deya ma'lum qildi Si Jinping.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Pekinda 13-chaqiruvdagi Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini sessiyasi yakunlandi. Shundan so‘ng Xitoy parlamenti mamlakat hukumati yangi tarkibini tasdiqladi.

Mavzuga oid