Rossiya hukumati iste'foga ketdi
Rossiya hukumati prezident inauguratsiyasidan so‘ng iste'foga ketdi. Bu haqda RF vazirlar mahkamasi axborot xizmati xabar bergan.
«Rossiya Konstitutsiyasining 116-moddasi va «Rossiya hukumati to‘g‘risida»gi Federal konstitutsiyaviy qonunning 35-moddasiga muvofiq Rossiya hukumati yangi saylangan prezident oldida o‘z vakolatlarini topshiradi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamyod keltirgandi. Putin o‘ng qo‘lini RF Konstitutsiyasiga qo‘yib, qasamyod matnini qaytargan. Prezidentlik qasamyodining o‘ttiz uchta so‘zi, xuddi davlat rahbari maqomi kabi, Konstitutsiyaning to‘rtinchi bo‘limida belgilab qo‘yilgan: "Rossiya Federatsiyasi prezidenti vazifasini bajarishda inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini hurmat va muhofaza qilish, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga rioya etish va himoya qilish, davlat suvereniteti va mustaqilligi, xavfsizligi hamda yaxlitligini himoya qilish, xalqqa halol xizmat qilishga qasamyod qilaman".
Mavzuga oid
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31