O‘g‘il bolalar va qizlar alohida. Tajriba kutilmagan natija berdi
2 yil avval Rossiyaning Biysk shahridagi 20-sonli maktabda 1-sinfga kelgan o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish bo‘yicha tajriba boshlangan. Ayni vaqtda bu sinflarning o‘quvchilari 2-sinfda ta'lim olishmoqda va o‘qituvchilar ushbu tajribaning natijalarini keltirib o‘tishga qaror qilishdi.
Natija esa ham o‘qituvchilarni, ham ota-onalarni hayratda qoldirdi. Birinchidan, ikkala sinfda ham fanlarni o‘zlashtirish darajasi oshgan. Ma'lum qilinishicha, aralash sinflarda “to‘rtchilar” va “a'lochilar” o‘rtacha 50 foizni tashkil qilsa, alohida sinflarda ancha yuqoriroq bo‘lgan: “qizlar” sinfida 89 foiz, “o‘g‘il bolalar” sinfida 65 foiz.
Ikkinchidan, aralash sinflarda darslarda 40 foiz o‘quvchilar faol bo‘lsa, alohida sinflarda deyarli hamma faol bo‘lgan. Ruhshunoslar bu muvaffaqiyatni ta'lim qizlar va o‘g‘il bolalar uchun tushunarli tilda olib borilishi bilan tushuntirishmoqda: qizlar turli taqinchoqlar, yumshoq o‘yinchoqlar, gullarni muhokama qilishsa, o‘g‘il bolalarga robotlar, sport, mashinalar va boshqa shunday mavzularda suhbatlashish qiziq.
Bundan tashqari, alohida sinflarda jinslar orasida, ya'ni qizlar va o‘g‘il bolalar orasida raqiblik yo‘q, umumiy sinflarda esa o‘g‘il bolalar e'tibor jalb qilish uchun qizlarni xafa qilishlari mumkin, biroq qizlar ham ulardan qolishmaydilar. Bu esa ta'limdan chalg‘itadi. Bir ruhshunosning e'tibor qaratishicha, qizlar o‘g‘il bolalardan farqli ishga sekinroq kirishadilar, biroq o‘g‘il bolalarga nisbatan bu ishdan uzoqroq “soviydilar”. O‘g‘il bolalarda esa biror mavzu yoki buyumga qiziqish tezroq so‘nadi.
Alohida o‘qitish bolalarning ijtimoiylashuviga xalaqit qiladi, degan taxminga kelinadigan bo‘lsa, mutaxassislar buni “cho‘pchak” deb atashmoqda. Chunki ularning ta'kidlashicha, bolalar baribir birga yashashadi, ko‘chada, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishadi va hokazo. Tajribani 8-sinfgacha davom ettirishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
15:02 / 25.12.2024
Ayrim maktab xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024