Jahon | 11:28 / 16.05.2018
28305
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus Tojikiston va O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi

Leonid Zayats Foto: Getty Images

Belarus Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga sutni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda tojik OAV xabar berdi.

"Biz sut yo‘nalishida katta xomashyo imkoniyatlariga egamiz va Belarus sutini qayta ishlash bo‘yicha Tojikiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda bizning texnologiyalar hamda mutaxassislar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etishga tayyormiz», - deya ma'lum qildi Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Leonid Zayats.

Bundan tashqari, Belarus sut-tovar komplekslarini barpo etish, ularni Belarusda ishlab chiqarilgan barcha zarur texnika bilan jihozlash, chorvachilikda yordam berishga tayyor, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.

Zayats shuningdek, mashinasozlik sohasida, qishloq xo‘jaligi texnikasidan tortib og‘ir yukli BelAZ’largacha, kommunal texnika bo‘yicha hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta'kidladi. Sog‘lig‘ini saqlash, ishlab chiqarishni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Armaniston xalqiga «juda berilib ketmaslikni» tavsiya etgandi

 

Mavzuga oid