Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Armaniston xalqiga «juda berilib ketmaslikni» tavsiya etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Armanistondagi hodisalarga izoh berdi. U yerda namoyishchilar mamlakat sobiq prezidentining bosh vazir lavozimidan ketishiga erishishdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Men arman xalqiga bu vaziyatda juda berilib ketmaslikni maslahat beraman, chunki hokimiyatni o‘zgartirish oson, biroq keyin natija berilishi kerak, hamda xalq buni kutadi. Armanistonning iste'dodli, aqlli xalqi bu vaziyatga yechim topishiga ishonchim komil», - deya aytib o‘tdi Lukashenko xalq va parlamentga o‘z murojaatida.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Armaniston – Belarusga begona davlat emas, sababi har ikki mamlakat ham YeOIIga kiradi.
«Biz o‘zaro qo‘ng‘iroq almashishimiz kerak, ulardan qanday yordam bera olishimiz haqida so‘rashimiz darkor. Bu hukumatning ishi», - deya ta'kidlab o‘tdi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko «sovuq urush» qaytganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026