O‘zbekiston | 19:27 / 30.06.2018
16717
2 daqiqa o‘qiladi

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan xodimga jazo bor ​

Foto: UzA

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kiritilmoqda. Bu haqda Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va 2017 yil 12 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kiritilmoqda.

Unda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid