Jahon | 19:01 / 11.07.2018
4158
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda ta'lim boshqarmasiga hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi ta'lim boshqarmasiga jangarilarning hujum qilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Atoulla Xogiyaniga tayanib TOLOnews xabar berdi.
Hukumat vakillarining bildirishicha, vaziyatni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lingan. Hujum qilganlar soni haqida aniq ma'lumot berilmadi.
Guvohlarning aytishicha, hujum vaqtida 50ga yaqin kishi garovga olingan. Hukumat vakillari bu axborotni ham tasdiqlamadi.
Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi, ammo “Islom davlati” guruhi tomonidan keyingi ikki hafta ichida Jalolobodda bir necha hujum amalga oshirilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
17:13
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024