O‘zbekiston | 16:12 / 09.08.2018
17072
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Ukrainaning deyarli barcha eksport shakarini sotib oldi
Ukraina Shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekiston o‘tgan oylardagidek Ukraina shakarining asosiy xaridoriga aylandi.
O‘tgan oylardan asosiy farq shundaki, iyul oyida O‘zbekiston deyarli barcha shakarni sotib oldi - 89%. Moldova hissasiga 4%, Ozarboyjon - 3%, Tojikiston hissasiga 2% to‘g‘ri keldi.
Shu tariqa, faqatgina so‘nggi uch oy ichida O‘zbekiston Ukrainadan 100 ming tonnadan ortiq shakar sotib oldi. Taqqoslash uchun, Rossiya 2017 yilda O‘zbekistonga 109 ming tonna shakar jo‘natgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shu yildanoq shakar ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024