Jahon | 09:59 / 10.08.2018
17087
2 daqiqa o‘qiladi

«Iqtisodiy urushning e'lon qilinishi». Medvedev AQSh sanksiyalariga izoh berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada mustahkamlash iqtisodiy urush e'lon qilish bilan barobar. Bu haqda RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

«Men kelgusidagi sanksiyalar haqida izoh berishni istamayman, lekin men bir narsani aytishim mumkin: banklar faoliyatini yoki muayyan valyutadan foydalanishni cheklash kabi narsa yuz bersa, buni bevosita iqtisodiy urush e'lon qilinishi, deb aytsa bo‘ladi. Va bu urushga iqtisodiy usullar, siyosiy usullar va kerak bo‘lganda boshqa usullar bilan reaksiya bildirish zarur. Bizning amerikalik do‘stlar buni tushunishlari kerak», - deya ma'lum qildi u.

«Mamlakatimiz so‘nggi 100 yil ichida doimiy sanksiyalarning bosimi ostida yashab keldi. Bu nima uchun qilinmoqda? Rossiyani xalqaro maydondagi qudratli raqiblar orasidan siqib chiqarish uchun», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev Rossiya AQSh bilan qanday shartda hamkorlik qilishini aytgandi

Mavzuga oid