Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Rossiya AQSh bilan qanday shartda hamkorlik qilishini aytdi
Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning ma'lum qilishicha, Rossiya Amerika tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda siyosatchi «Kommersant'»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yevropalik sheriklari asta-sekinlik bilan rus tomoni nimada noto‘g‘ri ekanini tushuntirishdan ko‘ra, «muloqot qilish va do‘st bo‘lish» yaxshiroq ekanini tushunishmoqda. Medvedevning umid bildirishicha, AQSh ham shuni tushunib yetadi.
«Bu nuqtai nazardan to‘p har doim ularning tomonida, ular munosabatlarni tiklash istagini ko‘rsatib beradigan qandaydir harakatlarni amalga oshirishi mumkin», - deya ma'lum qildi Medvedev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni voqealarning bunday rivojiga tayyor, shuningdek, uning eslatishicha, Rossiya sanksiya cheklovlarini birinchi bo‘lib qo‘llay boshlamadi.
«Shuning uchun eshiklar yopiq emas», - deya ta'kidlab o‘tdi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev 2008 yilgi voqealar paytida maqsad Saakashvilini qatl qilish bo‘lmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
21:48 / 03.07.2026