O‘zbekiston | 12:01 / 15.08.2018
19364
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus kompaniyasi O‘zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydi

Foto: TUT.by

Belarus kompaniyasi O‘zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar berdi BelTA.

«Motovelozavod» MChJ O‘zbekistonning Andijon viloyati hokimligi bilan viloyat hududida velotexnika ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida kelishuvga erishdi», - deyiladi xabarda.

Ma'lum bo‘lishicha, tomonlar birinchi navbatda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydigan qo‘shma korxona tashkil etishadi, kelajakda mototsikllar ishlab chiqariladi.

Tomonlar tashkil etilayotgan korxonaga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi boshqa qo‘shma korxonalar uchun o‘rnatilgan imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish to‘g‘risida ham kelishib olgan.

Mavzuga oid