Jahon | 07:55 / 05.09.2018
14124
1 daqiqa o‘qiladi

Xeyli: Rossiya va Xitoy muammolar keltirib chiqarishda davom etmoqda 

Foto: TASS/ZUMA/Lev Radin

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilishicha, Rossiya va Xitoy tomoni KXDR yadrosizlanishi bilan bog‘liq muammoni hal qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, bunday bayonot bilan Xeyli AQShning BMT Xavfsizlik kengashidagi raisligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida chiqish qilgan.

«Rossiya va Xitoy muammolarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Jumladan, ular KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etish bo‘yicha 1718-qo‘mita ishiga to‘sqinlik qilyapti», - dedi Xeyli.

Shuningdek, uning bildirishicha, AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoyni KXDRga «katta bosim» ko‘rsatishda ayblagandi

Mavzuga oid