Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari KXDR haqidagi bir qator tvitlarni «Oq uyning bayonoti», deb nomladi.
Bayonotda aytilishicha, Xitoy KXDRda «katta bosim» o‘tkazmoqda, ammo u nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
«Shu bilan birga, biz Xitoyning KXDRga pul, yoqilg‘i, o‘g‘itlar va boshqa bir qator tovarlar orqali jiddiy yordam berayotganini bilamiz. Bu foydasiz!» - deb yozadi Tramp.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan munosabatlar hozirgi vaqtda «iliqdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan qayta uchrashish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.











