Shuhrat Sodiqov NEC va Toyota Tsusho vakillarini qabul qildi
Shu yilning 5 sentabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Yaponiyaning NEC korporatsiyasi katta vitse-prezidenti ijrochisi, direktorlar kengashi a'zosi Norishiko Ishiguro va Toyota Tsusho korporatsiyasi ijrochi direktori Mamoru Akiyama bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda NEC korporatsiyasi bilan o‘rnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i va teleuzatish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning jamiyat rivojidagi ahamiyati ta'kidlab o‘tildi.
Har ikki tomon aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:12 / 04.01.2025
Chekishni tashlashga yordam beradigan ilova ishlab chiqildi
21:20 / 01.01.2025
2024 yilda eng boy 500 kishining boyligi 10 trillion dollardan oshdi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
12:27 / 24.12.2024