Xitoyda uyg‘urlar uchun «qayta tarbiyalash lagerlari» borligi ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati inson huquqlari buzilishi tufayli Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi hozirgi va sobiq rasmiy shaxslarga asosan xabar berdi.
Avvalroq, gazeta Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida millionga yaqin etnik uyg‘urlar musulmonlar uchun «qayta tarbiyalash lagerlarida» qolayotgan bo‘lishlari mumkinligi haqida yozgandi. Xabar qilinishicha, Xitoy hukumati ularni Xitoy tili, qonunlarini o‘rganish va ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga majburlamoqda; ushbu lagerlarda bo‘lishning asosiy maqsadi «odamlarning o‘zgarishi», deb atalgan.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, agar Tramp ma'muriyati yangi sanksiyalar joriy qilsa, ular Xitoyga inson huquqlarining buzilishi oqibatida qo‘llanilgan birinchi shunday cheklovlar bo‘ladi. Yangi sanksiyalar uyg‘urlarni kuzatib borishda ishlatiladigan kuzatuv texnologiyalarini AQShga yetkazib berishni cheklashi mumkin. NYT’dan ta'kidlashlaricha, Oq uy, Moliya vazirligi va Davlat departamenti so‘nggi oylarda bu sanksiyalarni muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy xorijda yashovchi uyg‘urlarni qo‘rqitayotgani ma'lum qilingandi.
Qayd etilishicha, Xitoy boshqa davlatlarda, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashaydigan musulmonlar fuqarolarini doimo kuzatib bormoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023