Xitoy boşqa davlatlarda, şu jumladan, Amerika Qöşma Ştatlarida yaşaydigan musulmonlar fuqarolarini doimo kuzatib bormoqda. Bu haqda The Daily Beast yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Xitoy hukumati hozirgi kunda XXRdan taşqarida yaşaydigan uyğurlarning global reyestrini yaratmoqda. Ular fuqarolardan turli axborot va şaxsiy ma'lumotlarni taqdim etişni talab qilişmoqda, bunda ularning vatandagi yaqin kişilariga bosim ötkazilmoqda. Bularning barçasi etnik ozçiliklarni kuzatib boriş va qörqitiş böyiça keng miqyosli kampaniya doirasida amalga oşirilmoqda, deya aniqlik kiritadi resurs.
AQŞda yaşovçi uyğur ayolning aytişiça, bir neça oy oldin unga Xitoydan onasi qönğiroq qilgan va bir neçta hujjatlarni jönatişni söragan. Talab qilingan hujjatlar orasida Amerika bank kartasi raqami, telefon raqami, şaxsni tasdiqlovçi hujjat fotosi, şuningdek, avtomobil raqami bölgan. «Uning ovozini eşitib, rasmiylar unga bosim ötkazayotganini tuşunib yetdim. Uning xavfsizligi uçun men rozi böldim», - deya aniqlik kiritdi ayol. Yakunda ayol faqat Xitoy bank kartasidan foydalanişi va maşina boşqarmasligini aytib, aldaşga majbur bölgan.
Yaqin vaqtdan boşlab bunday talablar Xitoydan taşqarida istiqomat qiluvçi boşqa uyğurlarning qarindoşlari orqali paydo böla boşladi. Ba'zi talabalardan universitet bilan şartnoma nusxasini yoki ilmiy rahbarning xatini yuboriş söralgan. Naşrning yozişiça, köpinça bunday holat mamlakatda qolgan oilaga mahalliy politsiyaçilar yoki amaldorlar taşrif buyurganidan keyin yuzaga kelgan.
Ta'kidlanişiça, talablar boşqa mamlakatlar fuqarolari bölgan uyğurlarga ham yuborilmoqda. Heç qanday kasb uçun istisnolar yöq. «Ular bizga: «Sizni kuzatyapmiz», deyişmoqda. Agar siz çet elda bölsangiz ham, bu ular siz bilan heç narsa qila olmaydi, degani emas. Çunki ular sizning döstlaringiz, qarindoşlaringizni biladilar», - deya ma'lum qildi Vaşington aglomeratsiyasida yaşovçi uyğurlardan biri.

















