Jahon | 22:05 / 23.09.2018
6351
1 daqiqa o‘qiladi

Maldiv xalqi mamlakat prezidentini saylamoqda

Maldivdagi mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilayotgan saylovlarda ovoz berish uchun barcha saylov uchastkalari yopildi. Bu haqda orol davlatining saylov komissiyasi vakillari ma'lum qildi.

Amaldagi prezident Abdulloh Yamin va muxolifatchi Maldivian Demokratik Partiyasi (MDP) nomzodi Ibrohim Muhammad Solih davlat rahbari lavozimini egallash uchun asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Saylovlarda fuqarolar faol ishtirok etgani qayd etildi. Bugunning o‘zida ovoz berishning dastlabki natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, saylovda 250 ming saylovchi ishtirok etishi nazarda tutilgandi. Maldivning butun aholisi esa 400 ming kishini tashkil qiladi. Maldivdagi saylov komissiyasining raisi Ahmad Sharifning aytishicha, hukumat mustaqil va adolatli saylov jarayonini o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rgan.

Mavzuga oid