Jahon | 15:19 / 29.09.2018
12679
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Chimkentni Markaziy Osiyoning iqtisodiy markaziga aylantirmoqchi

Foto: Akorda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 29 sentabr kuni Chimkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazdi.

Oqo‘rda matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, u shahar faollari oldida chiqish qilib, respublika darajasidagi maqom olgani tufayli shahar oldida zamonaviy yondashuvlar hamda yaxshi ishlab chiqilgan strategiyani talab qiladigan yangi vazifalar paydo bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

«Bir milliondan ortiq aholi yashaydigan respublikaning uchinchi megapolisiga aylanib, Chimkent ilgari Ostona va Olmaota qilganidek, o‘z rivojlanish modelini o‘zgartirishi kerak. Shaharda bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda, undan ham ko‘pi rejalashtirilmoqda», - dedi davlat rahbari.

Nursulton Nazarboyev yig‘ilish ishtirokchilari diqqatini Chimkentning yangi pozitsiyasi bo‘yicha ba'zi masalalarga qaratdi.

«Chimkent Markaziy Osiyoning qudratli iqtisodiy markaziga, aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlarga ega yirik hamda jozibali shaharga aylanishi kerak. Shaharni rivojlantirishning yangi strategiyasi ushbu mintaqada yirik sanoat, innovatsion, sayyohlik, savdo va logistika markazini shakllantirishga qaratilishi lozim», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisini orden bilan taqdirlagandi

Mavzuga oid