Prezident Nursulton Nazarboyev AQŞning Qozoğistondagi elçisi Jorj Krolni diplomatik missiyasi yakunlanişi tufayli ІІ darajali «Dostiq» ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozoğiston rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Diplomat «AQŞ va Qozoğiston Respublikasi örtasidagi tinçlik, döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun» mukofotlandi. Nazarboyev diplomat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga alohida hissa qöşganini qayd etib ötdi.
Öz navbatida, Krol Qozoğiston prezidentiga öz diplomatik missiyasiga berilgan baho uçun minnatdorlik bildirdi hamda Qozoğistondagi iş uning uçun katta mas'uliyat va şaraf bölganini ta'kidladi. Şuningdek, elçi öz faoliyati ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga umid bildirdi.
Elçi Jorj Krol maslahatçi-vakil rangidagi, diplomatik xizmatning oliy martabali diplomati sanaladi. Bundan oldin u AQŞning Özbekistondagi elçisi sifatida uç yarim yil işlagan.

















