Hindiston AQSh sanksiyalari haqida: biz mustaqil siyosat olib boramiz
Hindiston quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Bipin Ravatning ma'lum qilishicha, mamlakat Rossiyadan qurol sotib olishi sababli AQSh o‘ziga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin ekanidan yaxshi xabardor. Bu haqda New Indian Express xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Hindiston «mustaqil siyosat olib boradi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston texnologiyalar zarurati sababli AQSh bilan aloqalarni davom ettirsa-da, sanksiyalar xavfi tufayli o‘z qarorlarini bekor qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Hindiston bilan C-400 bo‘yicha shartnoma imzolagandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Vladimir Putinning Nyu-Dehliga tashrifi chog‘ida Hindistonga C-400 bilan yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ta'kidlanishicha, shartnoma qiymati 5 milliard dollardan oshiqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
17:40 / 24.12.2024