Jahon | 15:43 / 05.10.2018
13970
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Hindiston bilan C-400 bo‘yicha shartnoma imzoladi

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Vladimir Putinning Nyu-Dehliga tashrifi chog‘ida Hindistonga C-400 bilan yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Bu haqda «RIA Novosti» ma'lum qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, shartnoma qiymati 5 milliard dollardan oshiqni tashkil etadi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, C-400 yetkazib berish bo‘yicha shartnoma Putinning Hindistonga safari chog‘ida imzolangan.

Avvalroq, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov mamlakat rahbari Vladimir Putin Hindistonga safari chog‘ida ushbu mamlakatga S-400 zenit raketa tizimlari beshta polkini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Pokiston Hindistonning C-400 bo‘yicha rejalaridan xavotirga tushib qolgani xabar berilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid