Jahon | 11:21 / 12.10.2018
11832
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya tashqi ishlar vaziri: Ukrainaning siyosati «qo‘rqinchli darajaga» yetib keldi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning ma'lum qilishicha, Ukrainaning karpatorti vengrlariga nisbatan siyosati «qo‘rqinchli darajaga» yetib keldi. Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining bayonoti ushbu davlat hukumati saytida e'lon qilingan.

Xususan, Siyyarto Ukraina hukumatining Karpatortidagi harakatlarini tanqid qildi. Ular, tashqi ishlar vazirining fikricha, mintaqa milliy tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan. Shuningdek, tashqi ishlar vazirining ma'lum qilishicha, Oliy rada «ekstremistlar bilan til biriktirgan».

Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ta'kidlashicha, Ukraina hududida istiqomat qilayotgan vengrlar Budapeshtdan yordam kutishi mumkin. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Davlat departamenti va NATO bosh kotibi o‘rinbosari bilan vaziyatni muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peter Siyyarto Ukraina o‘z qo‘shinlarini Vengriya bilan chegaraga ko‘chirish niyatida ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgandi. Uning ma'lum qilishicha, mamlakat ushbu ma'lumot tarqalgani tufayli biroz tushunarsiz holatda turibdi.

Mavzuga oid