Vengriya Taşqi işlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Ukraina öz qöşinlarini Vengriya bilan çegaraga köçiriş niyatida ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Vengriya taşqi işlar vazirining ma'lum qilişiça, mamlakat uşbu ma'lumot tarqalgani tufayli biroz tuşunarsiz holatda turibdi.
«Ular NATOga a'zo bölgan davlat bilan çegaraga öz qöşinlarini köçirayotgani juda noodatiy holatdir. Bunda qanday ma'no bor - siz ulardan söraşingiz kerak, men javobni bilmayman», - dedi Siyyarto.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vengriya - Ukraina ziddiyati kuçaygani, Vengriya tahdid bilan çiqqani xabar berilgandi.
Vengriya Taşqi işlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Budapeşt Kiyevning harakatlariga xuddi özidek javob qaytarişi haqida ogohlantirgan.













