Jahon | 16:22 / 13.10.2018
9679
1 daqiqa o‘qiladi

Nikki Xeyli Isroil va Suriya o‘rtasidagi kelishuv haqida ma'lum qildi

Foto: Ronen Zvulun/Reuters

Suriya, Isroil hukumatlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya-Isroil chegarasidagi «Kunaytra» chegaradan o‘tish punktini qayta ochishga kelishib olgan. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi, deb xabar bermoqda FAN.

«BMT, Isroil va Suriya 15 oktabr kuni Golan tepaliklaridagi, Isroil va Suriya o‘rtasidagi «Kunaytra» o‘tish punktini qayta ochishga kelishib oldilar», - dedi Xeyli.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Golan tepaliklarida joylashgan ushbu o‘tish punktining ochilishini ma'qullaydi. Xeylining umid bildirishicha, BMT tinchlikparvarlariga kerakli kirish va xavfsizlik kafolatlari taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning S-300 bilan mustahkamlanishi Yaqin Sharqdagi harbiy o‘yinni o‘zgartirishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid