Rossiya tomonidan Suriyaga yetkazib berilayotgan zenit raketa tizimi Suriya Arab Respublikasidagi mojaroda iştirok etayotgan davlatlar kuçlari muvozanatiga özgartiriş kiritişi mumkin, deb yozmoqda The Independent gazetasi.

Ayni paytda Rossiya Suriyaga S-300 zenit raketa tizimlarining yetkazib beriş işlarini deyarli yakunladi.

Zenit raketa komplekslarini yetkazib beriş töğrisidagi qaror, 17 sentabr kuni Suriya osmonida bortida 15 nafar harbiy bölgan Rossiyaning Il-20 josus samolyoti urib tuşirilganidan keyin qabul qilindi. Suriya qirğoğidan 35 kilometr uzoqlikda yuz bergan hodisa oqibatida ekipajning barça a'zolari halok böldi, Rossiya esa Isroilni aybladi, deya eslatadi gazeta. Öşanda rasmiy Moskva Isroilga tegişli F-16 qiruvçilari Rossiya samolyotidan tuzoq sifatida foydalanganini ma'lum qildi.

«Döstona olov yordamida» samolyotning halokatga uçraşi juda ajablanarli emas, deya yozadi The Independent, sababi dunyodagi eng qudratli harbiy-havo kuçlari - Rossiya, AQŞ va Isroil - köpinça Suriya havo hududida yoki uning yaqinida parvoz qiladilar. Şuningdek, Suriyada havo hujumidan mudofaa tizimi bilan mustahkamlangan Turkiya va Suriya samolyotlari bor. Aynan şuning uçun bunday hodisalarning yuz berişi muqarrar narsa, sababi beşta harbiy-havo kuçlari bir-biriga yaqin masofada faoliyat yuritmoqda.

Şu bilan birga, Isroil uzoq vaqtdan beri Suriya va Eronga Rossiya S-300 komplekslari yetkazib berilişiga tösqinlik qilişga urinmoqda, deya ta'kidlaydi naşr. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirgaça Suriya, Turkiya va Isroil bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qolişga hamda hamkorlikni yuqori darajada olib borişga muvaffaq bölib kelayotgandi. Biroq Il-20 halokatidan keyin Rossiya-Isroil munosabatlari buzildi. Endi, Suriya S-300 bilan mustahkamlaganidan söng, nafaqat Isroilning havo operatsiyalari, balki Yaqin Şarqning şimoliy qismida, xususan, Suriya va Iroqdagi AQŞ harakatlari savol ostida qoldi, deb yozadi The Independent. Naşrning aniqlik kiritişiça, Suriya havo hujumidan mudofaasini jiddiy kuçaytiriş AQŞning harbiy imkoniyatlarini kamaytirişga olib keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Suriyada yana F-22 qiruvçilarini qöllaşi mumkin ekani xabar qilingandi.