O‘zbekiston - Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi
2018 yilning 30 oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Ruminiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi (vazir o‘rinbosari) Danut Sebastian Nekulaesku boshchilik qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlaridagi keng qamrovli masalalar hamda Ruminiyaning 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran YeIdagi raisligini inobatga olgan holda «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» shaklidagi hamkorlikning istiqbolli masalalari batafsil muhokama qilindi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Ruminiya muloqotini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarga tizimli tus berish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, jumladan turistik kompaniyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda hamkorlikning yangi mexanizmi – Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyani joriy etishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi. Ushbu komissiya majlislarini muntazam o‘tkazish mavjud vaziyatga tezda javob qaytarish va masalalarni hal qilish, tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirish, O‘zbekiston va Ruminiyaning investitsion faolligini qo‘llab quvvatlash imkonini beradi.
Muzokaralarda Ruminiya elchisi Romeo Stancho ishtirok etdi.
Mavzuga oid
20:34 / 17.12.2024
TikTok ustidan tergov boshlandi, u Ruminiyadagi saylovga aralashgan bo‘lishi mumkin
19:31 / 06.12.2024
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovlarining birinchi turi natijalarini bekor qildi
21:33 / 05.12.2024
Yevrokomissiya Ruminiyadagi prezidentlik saylovlari fonida TikTokʼka qarshi tergov boshlaydi
10:19 / 03.12.2024