O‘zbekiston | 11:01 / 01.11.2018
83211
2 daqiqa o‘qiladi

Zokir Rahimovga sud hukmi o‘qildi 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining o‘ta og‘ir moddalari bo‘yicha ayblanayotgan Zokir Rahimov ustidan olib borilayotgan sud ishi o‘z nihoyasiga yetdi.

2018 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi Zokir Rahimovga hukm o‘qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz’ning mahkama jarayonida qatnashgan muxbiri. 

Zokir Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 159-moddasi 4-qismi, 242(2)-moddasi 2-qismi, 223-moddasi 2-qismi, “b”, “v” bandlari, 244(1)-moddasi, 1-qismi bilan aybdor deb topildi.

Zokir Rahimovga uzil-kesil 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talishi belgilandi. 

Mavzuga oid