Sport | 21:47 / 18.12.2018
5364
1 daqiqa o‘qiladi

Sampaoli murabbiylik faoliyatiga qaytdi

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yana ishga qaytdi.

58 yoshli mutaxassis Braziliyaning «Santos» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi. U jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli, Argentina terma jamoasini tark etib, 5 oy davomida ishsiz yurgan edi.

«Santos» klubi Braziliya A Seriyasining 2018 yilgi mavsumida 10-o‘rinni egalladi.

Sampaoli murabbiylik faoliyatida Peru, Ekvador, Chili klublarida, shuningdek, «Sevilya»da ishlagan. Bundan tashqari, Chili va Argentina terma jamoalarini boshqargan.

Mavzuga oid