Jahon | 20:32 / 07.01.2019
31471
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda xitoylik muhojirlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi 

Foto: Global Look Press

Bishkekning markaziy maydoni Ala-Tooga Qirg‘izistondan xitoylik noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish talabi bilan bir necha yuz kishi chiqdi. Namoyishchilar, shuningdek, hukumatdan Xitoydagi “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da ushlab turilgan qirg‘izlarning ozod etilishida ko‘mak ko‘rsatishni talab qilishgan.

“Respublikamizda bir necha yuz va balki undan ko‘proq xitoylik noqonuniy ravishda qolmoqda. Ular bozorlarda, tog‘-kon va boshqa sohalarda ishlaydilar. Biz ularning deportatsiya qilinishini talab qilamiz”, deb aytgan namoyishchilardan biri.

Namoyishchilar agar hukumat ularning talablarini inobatga olmasa, unda 17 yanvarda yana shunday talablar bilan namoyish o‘tkazishlarini aytishgan.

Avvalroq Xitoy shimolidagi Sintszyan-Uyg‘ur muxtor okrugida mahalliy aholi (uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar) “qayta tarbiyalash”ga jo‘natilayotgan siyosiy lagerlar faoliyat yuritayotgani ma'lum qilingan. 2018 yilda bunday “tarbiyalanuvchilar” soni 1 mlnga yaqinni tashkil qilgan.

Mavzuga oid