O‘zbekiston | 15:50 / 10.01.2019
5906
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelyapti

Foto: otyrar.kz

Qozog‘iston tomonining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 12 yanvarda O‘zbekistonga Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

TIV xabarida aytilishicha, delegatsiya 12-13 yanvar kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Afg‘oniston ishtirokidagi uchrashuvida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

TIVning avvalroq tarqatilgan xabarida unda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muxtor Tleuberdi, shuningdek, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy ishtirok etishi aytilgandi.

Mavzuga oid