O‘zbekiston | 11:20 / 10.01.2019
3464
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Foto: adamsexpresstravel

2019 yilning 12-13 yanvar kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo“ muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Unda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muxtor Tleuberdi, shuningdek, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy ishtirok etadi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirishga ko‘maklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta'lim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid