Po‘lat Bobojonov: biz internetni muntazam ravishda kuzatib boryapmiz
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning O‘zA'ga bergan intervyusida aytishicha, ichki ishlar organlari internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib bormoqda.
«Biz Internet tarmoqlarini muntazam ravishda kuzatib borib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan bildirilgan har bir fikrning asosliligini tekshirib, sinchkovlik bilan o‘rganib boryapmiz. Safimizni nopok xodimlardan tozalashga qaratilgan tadbirlar kelgusida ham qat'iyat bilan davom ettiriladi», - dedi u.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil ichki ishlar organlari uchun islohotlarga boy yil bo‘lgan. Davlat rahbarining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlangan.
«Endilikda Prezidentimiz qayd etganidek, biz qanchalik qiyin bo‘lmasin, chekka-chekka hududlarda ham “Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyilini albatta joriy etishimiz kerak. Ya'ni jinoyat so‘zsiz fosh etilishi va aybdor jazolanishi shart», - deydi Po‘lat Bobojonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Po‘lat Bobojonov IIVda zo‘ravonlik va qiynoqqa solishga qarshi qanday kurash olib borilayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024