Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Po‘lat Bobojonov IIVda zo‘ravonlik va qiynoqqa solishga qarshi qanday kurash olib borilayotganini aytdi
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan tizimda yakuniga yetgan 2018 yilda qanday ishlar amalga oshirilgani, joriy yilda ichki ishlar organlari xodimlari ko‘proq qaysi masalalarga e'tibor qaratishi, shuningdek, jinoyatchilikning ayni vaqtdagi holati va jamiyatga ta'siri yuzasidan suhbatlashdi.
— Eng avvalo, xodimlarning har bir fuqaro bilan shu jumladan, xoh ayblanuvchi, xoh jabrlanuvchi bo‘lsin, xushmuomala bo‘lishlari, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashi qat'iy belgilangan, – dedi ichki ishlar vaziri P.Bobojonov. – Vazirlik tizimida mavjud muassasa va hibsxonalarda saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari tomonidan bu borada kelib tushayotgan har bir xabarga zudlik bilan munosabat bildirilib, aybdor xodimlarga nisbatan keskin jazo choralari ko‘rilmoqda.
Tergov harakatlarini audio va video qayd etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan 21 maxsus xona tashkil etildi.
Tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari, maxsus qabulxonalar, ma'muriy qamoqni o‘tash joylari, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatlash maqsadida vaqtincha saqlash hibsxonalariga 1 ming 814, tergov hibsxonalariga 123, reabilitatsiya markazlariga 283 zamonaviy videokuzatuv vositalari o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichki ishlar tizimida bir yil ichida qancha xodim jinoiy javobgarlikka tortilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025