Jahon | 15:49 / 22.01.2019
27901
3 daqiqa o‘qiladi

NYT: Tramp beshta holatda Rossiyaga yumshoq munosabatda bo‘ldi

Foto: Doug Mills/The New York Times

Amerikaning The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan beshta xatti-harakatini tanladi, ular tufayli 2018 yilda u o‘z ma'muriyati bilan qarama-qarshilikka borgan.

Gazetaning aniqlik kiritishicha, bu harakatlar 2017 yilda FTB Tramp Rossiya agenti sifatida yashirin tarzda harakat qilmagani bo‘yicha surishtiruvi ma'lum bo‘lgach, o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Nashrning qayd etishicha, yaqinda Tramp o‘zidan avvalgi rahbarlardan farqli ravishda, Rossiyaga nisbatan «qattiqroq» munosabati bilan maqtandi. Biroq, shunga qaramay, AQSh prezidenti ma'muriyati qanday harakat qilishga uringani fonida Trampning o‘zi Moskvaga nisbatan ancha yumshoq pozitsiyani tanladi, deb yozadi NYT.

Nashr Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish, Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari hamda dengizchilari qo‘lga olinishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan Rossiyaga «yumshoq javob», «Skripallar ishi» tufayli o‘zi xohlamagan holda sanksiyalar joriy etishi va Rossiya elchilarini chiqarib yuborishi, Rossiyadan kiberhujumlar va 2016 yilgi saylovlarga «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha tushunarsiz pozitsiya, shuningdek, Moskvani AQShda 2016 hamda 2018 yilgi saylovlarga aralashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblashdan tiyilish, NATO alyansi «himoyasi»ni alohida ajratib ko‘rsatdi.

Xususan, ma'muriyatdagi yuqori lavozimli mulozimlarning NYT’ga xabar berishicha, Tramp bir necha bor xususiy suhbatlar chog‘ida alyansdan chiqib ketish istagini bildirgan. Bu Rossiyaning Shimoliy Atlantika alyansini «zaiflashtirish» bo‘yicha xohishini mustahkamlaydi, deb yozadi gazeta. Tramp, o‘z ma'muriyatining rasmiy pozitsiyasidan farqli o‘laroq, NATOga ham qarshi chiqdi, deya ta'kidlanadi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy qurollarda ustunlik bo‘yicha poygada AQShni ortda qoldirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid