Rossiya va Xitoy qurollarda ustunlik böyiça jahon uruşida Qöşma Ştatlarni ortda qoldirdi, deb yozadi Britaniyaning The Times gazetasi.
Yangi qurollaniş poygasi boşlanib böldi va kosmos bunda sönggi bosqiçga aylandi, deya ta'kidlaydi Times. AQŞ prezidenti Donald Trampning kosmosda joylaştiriluvçi raketalardan mudofaa tizimi töğrisidagi bayonoti Rossiyada va Xitoyda işlab çiqilgan «ekzotik qurollarning yangi avlodi» tomonidan şakllanayotgan va ortib borayotgan tahdidga javob sanaladi, deb yozadi Britaniya gazetasi. Biroq, şunga qaramay, Qöşma Ştatlar sayyoradagi eng qudratli harbiy kuçga ega davlat bölib qolmoqda, deyiladi materialda.
Rossiya va Xitoy Amerikaning harbiy ustunligini «ortda qoldiriş va bosib qöyiş»da yordam berişi kerak bölgan qurollarni rivojlantirişni moliyalaştirişda sezilarli yutuqlarga erişdi, deya qöşimça qiladi Times.
Sovuq uruşdan keyin Moskva va Pekin Vaşington bilan qurollaniş poygasida ança ortda qolgandi. Biroq, AQŞ endi barça yönalişlarda harbiy ustunlikka ega emas. Ba'zi joylarda amerikaliklar orqada qolmoqda - bu gipertovuşli qurol va sun'iy idrok, aynan şu yönalişlarga Rossiya va Xitoy katta sarmoyalar kiritdi, deb yozadi gazeta.
Rossiya gipertovuşli qurolining rivojlanişi Pentagonga ta'sir qildi, deya ta'kidlaydi naşr. Kosmik kuçlarni taşkil etiş haqida buyruq bergan Tramp, katta ehtimol bilan, Amerikaning avvalgi harbiy ustunligini qayta tiklaş uçun kuraşadi, deb yozadi gazeta.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Rossiya va Xitoy qurollarning «törtinçi ölçoviga» erişgani haqida xabar bergandi.

















