Jahon | 14:12 / 30.01.2019
21358
2 daqiqa o‘qiladi

WP: Rossiya KXDRga maxfiy taklif bilan chiqqan

Foto: EPA

O‘tgan yilning kuzida Rossiya rasmiylari KXDR rahbariyatiga yadroviy dasturdan voz kechish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Bu haqda Washington Post muzokaralardan xabardor AQShdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Yadro qurollari va ballistik raketalarni yo‘q qilish evaziga Moskva mamlakatda atom elektr stansiyasi qurib berishni taklif qilgan.

Kelishuvning bir qismi sifatida Rossiya tomoni stansiya ishidagi barcha keraksiz mahsulotlar va chiqindilarni Rossiyaga yuborib, Shimoliy Koreya yadro quroli yaratishi uchun elektr stansiyadan foydalanishi xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, u mamlakatni yangi energiya manbai bilan ta'minlab beradi.

Nashrning ta'kidlashicha, mazkur taklif Koreya yarim orolida Moskva iqtisodiy asosga ega bo‘lishidan xavfsirayotgan XXR va AQSh hukumatlari noroziligini keltirib chiqaradi.

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov Rossiya KXDRga yadro dasturi bo‘yicha maxfiy taklif bilan chiqqani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi, deb xabar tarqatdi RIA «Novosti».

Uning ishontirishicha, Moskvaning Pxenyan bilan barcha aloqalari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari talablariga javob beradi.

Ryabkovning qo‘shimcha qilishicha, TIV «Washington Post'ning navbatdagi xabarini o‘rganib chiqadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tahlilchilar KXDRda maxfiy raketa bazasini topishgandi.

Mavzuga oid