Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tahlilchilar KXDRda maxfiy raketa bazasini topishdi
Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) ekspertlari Shimoliy Koreyaning sun'iy yo‘ldosh suratlarini o‘rganib chiqishdi va «Sino-Ri» bazasida strategik ballistik raketalar joylashgani haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda markaz saytida e'lon qilingan hisobotda aytiladi.
Tahlilchilarning aytishicha, ushbu harbiy obekt KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududdan 212 km shimolda joylashgan. Ekspertlarning bildirishicha, u yerda Nodong-1 o‘rta radiusdagi raketalari bor.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular 2018 yil dekabr oyida olingan sun'iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh va KXDR razvedkalari 10 yildan buyon aloqada ekani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
20:27 / 09.06.2026