Jahon | 14:24 / 03.04.2019
22814
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston prezidenti ilk davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Bu Qozog‘iston yangi prezidentining xorijga ilk tashrifidir.
Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb mavzulari, Yevrosiyo hududidagi integratsion jarayonlarning borishi hamda mintaqadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
19 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z vakolatlarini topshirdi. 20 mart kunidan boshlab Toqayev Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi.
Mavzuga oid
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
20:04 / 21.12.2024