Jahon | 13:14 / 06.04.2019
17698
2 daqiqa o‘qiladi

Liviyalik marshal Haftar muzokaralardan bosh tortdi

Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni, marshal Xalifa Haftar BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning poytaxtdagi hukumat rahbari Fayoz as Saraj bilan Jyenevada uchrashish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Al Jazeera BMT Xavfsizlik kengashidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Antoniu Guterrish va Xalifa Xaftar
Foto: REUTERS

Qayd etilishicha, Saraj Haftar bilan uchrashuvga rozi bo‘lgan, ammo bunda «harbiy harakatlar va fitna holatlarini to‘xtatish» sharti qo‘yilgan.

Biroq, marshal Tripolidagi vazirlar mahkamasi rahbari bilan uchrashish hamda muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi.

Avvalroq, Liviya hukumati armiyasi Tripolidagi aeroport ustidan nazoratni qaytargani haqida xabarlar tarqaldi.

Bundan oldin, liviyalik marshal Tripoli yo‘lidagi birinchi shaharni egallagandi. Poytaxtni o‘rab olish maqsadida Haftar qo‘shinlari janub va g‘arbdan yaqinlashib, Tripolidan 80 km janubdagi Garyan shahrini egallab olgan.

Shundan so‘ng, marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya xalq armiyasi poytaxt Tripoli janubi-g‘arbiy qismidagi bir nechta tumanlarni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid