Marşal Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya xalq armiyasi (LXA) poytaxt Tripoli janubi-ğarbiy qismidagi bir neçta tumanlarni egallab oldi. Bu haqda RIA «Novosti» LXAdagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Uning aytişiça, şahar köçalari hozirgi vaqtda «böşab yotibdi». Qöşimça qilinişiça, şahar aholisi, katta ehtimol bilan, Tripolidan çiqib ketişga qaror qilgan bölişi mumkin.
«Hozirning özida bir neçta tuman LXA jangçilari tomonidan egallab turilibdi, masalan, Janzur va Al-Svaniy, bu Tripoli janubi-ğarbiy qismida», - dedi manba.
Şuningdek, uning bildirişiça, hozirgi vaqtda harbiy harakatlar ötkazilmayapti, qurolli guruhlar tomonidan «bir neçta kiçik hujumlar» qayd etilgan.
Ta'kidlanişiça, Tripolini nazorat qiluvçi Milliy kelişuv hukumati öz qöşinlarini yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirgan.
Bundan oldin, liviyalik marşal Tripoli yölidagi birinçi şaharni egallagandi.
Ma'lumot uçun: 2011 yilda Liviyada fuqarolar uruşi boşlandi. 1969 yildan buyon mamlakatni boşqargan polkovnik Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ağdarildi va öldirildi. Uning raqiblari tomonida Fransiya, AQŞ, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlarni öz içiga olgan xalqaro koalitsiya kuçlari kuraşdi. Bugungi kunda Liviya ikki hokimiyat holatida: şarqda - Tobruk şahrida parlament faoliyat körsatadi, ğarbda - Tripolida milliy kelişuv hukumati nazorat örnatgan.













