O‘zbekiston | 16:30 / 30.06.2019
36768
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi Qarshiga ko‘chib o‘tdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu qaror joylarda muammo va vazifalarni tezkor hal etish, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini bevosita nazorat qilish dasturining amalga oshirilishi uchun qabul qilindi.

Endi «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 35-uy manzilida joylashgan.

Ma'lumot uchun, «O‘zbekneftgaz» binosi shu vaqtga qadar Toshkent shahri Istiqbol ko‘chasi 21-uy manzilida joylashgan edi. Kompaniyaga 2019 yil 14 fevralidan buyon Bahodir Siddiqov rahbarlik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid