«O‘zbekneftgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zbekneftgaz
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining yangi raisi tayinlandi. Hukumat qaroriga ko‘ra, Bahodirjon Bahromovich Siddiqov jamiyat boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan.
Bahodir Siddiqov bundan oldin Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgandi. U 2009−2010 yillarda va 2017 yilda «Neftegazinvest» mas'uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida ishlagandi. 2017-2018 yillarda esa «O‘zbekneftgaz» AJ raisi o‘rinbosari ham bo‘lgan.
U yangi lavozimda Bahrom Ashrafxanov o‘rnida ish boshlaydi. O‘zbekistonning Rossiyadagi sobiq elchisi bo‘lgan Bahrom Ashrafxonov 2018 yilning sentyabrida Alisher Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangandi.
Ashrafxonov 2019 yilning fevral oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangach, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv Raisi lavozimi bo‘sh qolayotgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
-
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jahon | 23:04 / 16.04.2025
Mavzuga oid

11:50 / 13.02.2024
Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga arzonlashadi

01:46 / 27.05.2020
“Import benzin uchun aksiz solig‘ining oshirilishi maqsadga muvofiq emas” – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10:00 / 08.01.2020
«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar almashdi

13:50 / 28.06.2019