Kattaqo‘rg‘onda mudhish YTH sodir bo‘ldi
2019 yil 31 avgust kuni soat 05:30larda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashagan 30 yoshli A.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 28 yoshli singlisi N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024