Jahon | 19:10 / 19.09.2019
13798
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik erkakning boshidan 10 santimetrlik shox olib tashlandi

74 yoshli hindistonlik Shyam Lal Yadavning boshidan peshonasidan yuqoriroqda o‘sib chiqqan 10 santimetrlik shox olib tashlandi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi. 

Erkak shox paydo bo‘lganda uni sochlari orasiga yashirib yurgan, biroq o‘simta kattalashib, 10 smga yetgan. Oxir-oqibat erkak shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Erkakning ta'kidlashicha, o‘simta 5 yil avval boshidan jarohat olgandan keyin paydo bo‘lgan.

“Shifokorlar o‘simtani olib tashlashdi. Keyinroq u o‘rganilib, shox inson sochi va tirnoqlarida mavjud bo‘lgan keratin moddasidan tashkil topgani aniqlangan”, deyilgan xabarda.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, o‘simta yaxshi sifatli bo‘lgan, biroq ular uning paydo bo‘lishi sababini aniqlay olishmagan.

Mavzuga oid