O‘zbekiston | 17:40 / 14.12.2019
19140
2 daqiqa o‘qiladi

Termiz shahri chegarasi kengaymoqda

Senatning 25-yalpi majlisida Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Senator Suyun Abdiyev ma'ruza qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Termiz shahriga 1929 yilda asos solingan, aholisi 146 ming kishini, umumiy yer maydoni 2,8 ming gektarni tashkil etadi. Termiz tumaniga esa 1926 yilda asos solingan bo‘lib, aholisi 109 ming kishini, umumiy yer maydoni 85 ming gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda Termiz tumanining umumiy yer maydoni Termiz shahriga nisbatan 30 baravarga katta hisoblanadi.

Termiz shahri hududi kichikligi sababli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etishga yetarlicha imkoniyat bo‘lmaganligi uchun Termiz tumani hududlarida qurilish ishlari olib borilgan.

Shunga ko‘ra, shahar aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Termiz tumani hududining 1 ming 561 gektar yer maydonini Termiz shahri hududi tarkibiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. 

Termiz shahriga o‘tkazilayotgan hududda 8ta ko‘p qavatli uy, 1ta oilaviy poliklinika, 4ta madaniy meros obekti, 8ta maktabgacha ta'lim va 8ta umumta'lim muassasasi mavjud. 

Oliy Majlis Senati a'zolari Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi va tegishli qaror qabul qildi.

Mavzuga oid