O‘zbekiston | 19:39 / 14.03.2020
30071
1 daqiqa o‘qiladi

Yangibozor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Yangibozor tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. 

2018 yildan Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanov O‘ktamboy Qo‘chqarovich Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, shu tumanda hokim bo‘lib ishlagan Masharipov O‘ktam Rustamovich Hazorasp tumani hokimi etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid