Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötyapti. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Farhod Ermanov nutq sözladi.

Muhokamalardan söng, Ravşan Şonazaroviç Jabborovni Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimi vazifasidan ozod etiş haqidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan tasdiqlandi. 

2014 yildan Xorazm viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ravşan Jabborov 2018 yil 1 dekabr kuni Hazorasp tumani hokimi sifatida iş boşlagandi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyat hokimi Hazorasp tumani hokimi lavozimiga Öktam Rustamoviç Maşaripov nomzodini tavsiya qildi. Muzokaralardan söng, Öktam Maşaripov nomzodi Hazorasp tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Öktam Maşaripov bunga qadar Yangibozor tumani hokimi sifatida işlagan. Undan avval Xorazm viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uçun, Hazorasp tumani viloyat hududining 33,8 foizini egallaydi. Tumandan Urganç şahrigaça 56 km. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Turkmaniston davlatlari bilan çegaradoş.

Avvalroq, Yangiariq tumani hokimi özgargani xabar qilingandi.